× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Buxoroda oliy toifali oʻqituvchilar ulushi soʻnggi uch yilda qanday qilib ikki barobar oshgani sababi aytildi
19.01.2021

photo_2021-01-19_21-00-42.jpg

Joriy yilning 18-19-yanvar kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Buxoro viloyatida boʻldi.

Oʻrganish yakunlari boʻycha 19-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyatdagi pedagoglarning attestatsiya jarayonlarida qayd etayotgan natijalari, bu boradagi yutuq va kamchiliklar ham muhokama qilindi.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi uch yilda viloyat maktablaridagi oliy toifali pedagoglar soni 2 barobarga oshgan. Bugungi kunda viloyat maktablarida ishlayotgan jami 26 145 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchilarning 1 716 nafari (6%)ni oliy toifali oʻqituvchilar tashkil etadi. 2018-yilda ushbu koʻrsatkichlar 2,6 foizni tashkil etardi. Shuningdek, oʻqituvchilarning 5 044 nafari (17,7%)ni birinchi toifali, 8 461 nafari (29,6%) ni ikkinchi toifali oʻqituvchilar tashkil etadi. Bu respublika miqyosida boshqa hududlarga qaraganda yaxshiroq koʻrsatkich sanaladi.

photo_2021-01-19_21-03-33.jpg

Tadbirda soʻzga chiqqan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev qanday qilib viloyatda oliy toifali oʻqituvchilar ulushi qisqa muddatda oshganiga izoh berib oʻtdi.

– Oʻrganish davomida viloyatdagi malakali oʻqituvchilar tomonidan nodavlat malaka oshirish kurslari tashkil etilib, u yerda oʻqituvchilarga toifa sinovlariga tayyorgarlik boʻyicha kurslar tashkil etilganiga guvoh boʻldik. Oʻqituvchilar hududiy malaka oshirish markazida ololmagan bilimlarini aynan shu kurslarda olishgan va bu kurslarning natijadorligi oʻqituvchilar tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. Bu yana bir bor pedagoglar malakasini oshirishga xususiy sektorni keng jalb etish tashabbusimiz toʻgʻriligining yana bir isbotidir, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Yigʻilishda xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi faoliyatida mavjud muammolarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, markazda oʻqituvchining malaka oshirishdan keyingi faoliyatini oʻrganish va tahlil qilishning mukammal elektron portfolio tizimi ishlab chiqilmaganligi, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanmaganligi, amaliy fanlar (texnologiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, musiqa)dan tinglovchilar uchun amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun jihozlarning mavjud emasligi, aksariyat tinglovchilarning minimum talab darajasida AKTdan (40-50%) foydalanishni va chet tilini (80-90%) bilmasligi malaka oshirishni samarali tashkil etish imkonini bermayotgani taʼkidlandi.

Oʻz navbatida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi ushbu markazga yangi rahbar tayinlangani va yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun harakatlar boshlanganini taʼkidlab oʻtdi.