× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Kattaqoʻrgʻonda maktablarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi
19.02.2021

photo_2021-02-18_15-29-56.jpg

Ayni kunlarda Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Samarqand viloyatida boʻlib turibdi.

Ishchi guruh tashrifi davomida joriy yilning 18-fevral kuni Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktablarning oʻrni va ahamiyati” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori Abduvali Ismoilov, viloyat hokimi oʻrinbosari Xurshid Ochilov, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev, Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi Jamshid Nasriddinov, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy boʻlimi boshligʻi Gʻayrat Boboxolov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Qoʻldosh Saidov, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori Aʼlam Ibragimov hamda viloyatdagi tayanch maktablarning direktorlari ishtirok etdi.

Seminarda maktablarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlari, muammo va kamchiliklar, amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar muhokama etildi.

79ce1a923a71f228909ca.jpg

Xususan, viloyat maktablarida 2022-yilda oʻtkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrib boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori natija koʻrsatish uchun yetarli darajada emasligi taʼkidlandi. Shuningdek, ayrim tayanch maktablarida pedagoglarning bu borada zarur koʻnikmalarga ega boʻlmaganliklari bilan bogʻliq holatlarga ham duch kelingan.

Bu kabi holatlarning kelgusida takrorlanmasligi va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha ishlarni yana-da takomillashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan doimiy hamkorlikda ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, tayanch maktablari direktorlari tomonidan faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolar, boshqa maktablar bilan hamkorlik, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda yangicha tashabbuslar doirasida fikr-mulohazalar bildirilib, qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob olishdi.

Yalpi yigʻilishdan soʻng seminar shoʻba yigʻilishlari va mahorat darslari koʻrinishida davom ettirildi. Samarqand davlat universiteti, viloyat hududiy malaka oshirish markazi va tayanch maktabning tajribali professor-oʻqituvchilari tomonidan “Ustoz-shogird” tamoyili asosida tashkil etilgan oʻqish, tabiiy-ilmiy va matematik savodxonlik, boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlari mahorat darslarida tumandagi maktablarning trener oʻqituvchilari ishtirok etdi.

0dfc8b1589554f5f7e80b.jpg

Shoʻba yigʻilishlarida oʻqituvchilar oʻquvchilarni fikrlashga, olingan bilimlarini hayotda qoʻllashga oʻrgatish boʻyicha oʻzaro fikr va tajribalarini almashishdi. Bu jarayonda xalqaro tadqiqotlarda beriladigan masala va savollarni ishlab koʻrish va mazkur tajribalarni oʻquv jarayonlariga joriy qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Amaliy seminar jarayonlarida oliy taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarining tajribali professor-oʻqituvchilarining mahorat darslari tashkil qilindi. Oʻzaro bahs-munozarali, mahorat almashinuviga boy tarzda oʻtgan dars mashgʻulotlari pedagoglarga har tomonlama foydali boʻldi. Kelgusida viloyat miqyosida xuddi shunday seminarlarni uzluksiz tashkil qilish, muammolarga birgalikda yechim axtarish boʻyicha vazifalar belgilandi.