× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qashqadaryoda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha 4000 nafarga yaqin pedagoglarga metodik yordam koʻrsatildi
19.02.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Taʼlim inspeksiyasi oldiga taʼlim sifatini nafaqat poytaxtda, balki olis qishloqlarda ham yuqori darajaga koʻtarish va maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan.

photo_2021-02-19_11-50-40.jpg

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 5–12-fevral kunlari inspeksiya-OTM- viloyat xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi hamkorligida viloyatdagi tayanch maktablarida aniq va tabiiy fanlar boʻyicha umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun oʻquv seminarlari tashkil etildi.

4 000 nafarga yaqin oʻqituvchi qatnashgan mazkur seminarlarda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Qarshi davlat universiteti, xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hududiy markazi va akademik litseylarning malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.

S48A8480.JPG

Joriy yilning 17-fevral kuni Qarshi davlat universitetida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan viloyatdagi taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlariga bagʻishlangan seminarda mazkur jarayonlarda faollik koʻrsatgan 16 nafar professor-oʻqituvchilar taqdirlandi.

Qayd etish lozimki, 2022-yilda oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Qashqadaryo viloyatidagi 15 ta tumanda 29 ta tayanch maktabi belgilangan. Mazkur maktablarga esa oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish va pedagoglar malakasini muntazam tarzda oshirib borish maqsadida viloyatdagi 1128 ta umumtaʼlim muassasasi biriktirilgan.