× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Samarqandda professional taʼlimni rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi
19.02.2021

abc432ddea003951a3280.jpg

Joriy yilning 18–19-fevral kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Samarqand viloyatida boʻldi.

Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan boshqa taʼlim muassasalari qatorida viloyatdagi professional taʼlim muassasalari faoliyat ham oʻrganildi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 37 ta kasb-hunar maktabi, 15 ta kollej, 22 ta texnikum, jami 74 ta professional taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur taʼlim muassasalariga 19 314 nafar oʻquvchi qabul qilingan.

c9827d663d4f755a14786.jpg

Xususan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev Pastdargʻom tumanidagi 4-sonli kasb-hunar maktabida boʻlib,  oʻquvchilarning ustachilik, tikuvchilik, avtomobilsozlik sohalarini oʻzlashtirishi, erishayotgan yutuqlari, maktab faoliyatidagi muammolarni koʻzdan kechirdi. Mazkur maktabda avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtomobillar elektr jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish chilangari, traktorchi mashinist, payvandlovchi, apparat va dasturiy taʼminot sozlovchisi, tikuvchilik kabi 6 ta yoʻnalishda 248 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

427bdbbf275912765016a.jpg

Shu bilan birgalikda Tuman hokimi Shunqor Xudoyberdiyev bilan birgalikda oʼtkazilgan kasb-hunar maktabi oʼqituvchilari bilan muloqotda hokimlik bilan hamkorlikda tizimda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, maktabni kasb-hunarlar boʻyicha zarur darsliklar bilan taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berdi.

Viloyatda oʻtkazilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan muhokamada tegishli mutasaddilar va hudud masʼullari bilan viloyatda professional taʼlimda kadrlarni tayyorlash jarayonidagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev viloyatda professional taʼlimda sifat koʻrsatkichlarini oshirish, bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr boʻlib yetishishlari boʻyicha qator taklif va tavsiyalarini bildirib oʻtdi.

– Yoshlarga kasb oʻrgatish masalasi taʼlim sohasidagi islohotlarning diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Kasbga oʻrgatishning 3 tabaqali tizimini joriy etildi. Biroq bu yangi tizimni viloyatda keng joriy etish va takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yetarlicha ekanligini koʻrib turibmiz. 

Xususan, kasb-hunar maktablarida xorij tajribalarini oʻrgangan holda pedagog kadrlar uchun oʻqitish metodikalari boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish, mehnat bozoriga yangi kasblar kirib keldi, oʻquvchilar bu kasb sirlarni puxta egallashlari uchun oʻquv-metodik taʼminot bazasini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, texnikumlarda taʼlimning sifati va samaradorligini oshirishda tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari quyidagi asosiy yoʻnalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirishni taqozo etadi.

Bundan tashqari, taʼlim muassasalarida yangi kasb va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv metodik taʼminot bazasini mustahkamlab borishda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish ham maqsadga muvofiqdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash boʻyicha oldimizga qator vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlashda esa barchamiz birgalikda astoydil harakat qilishimiz lozim, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.