× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Hokim vaʼdasini bajardi: tayanch maktabda “SMART” xona tashkil qilindi
20.02.2021

527cb8e629cf28bc81aea.jpg

Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Xorazm viloyatida boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Xususan, tashrif davomida Qoʻshkoʻpir tumanidagi taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun 2-sonli tayanch maktabida oʻtkazilgan seminarda tuman hokimi Joʻrabek Rahimov ham ishtirok etib, viloyatda birinchilardan boʻlib mazkur maktabda “Smart” xona tashkil etilishi hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgan edi.

d7463d22e670526ac97b9.jpg

Kuni kecha mazkur tayanch maktabda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan viloyatda birinchilardan boʻlib “Smart” xona tashkil qilindi.

Bir qator qulayliklarga ega boʻlgan ushbu xonada oʻquvchilar va oʻqituvchilar PISA va PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishlari, bunda inspeksiya huzuridagi Milliy markaz materiallarni oʻz vaqtida oʻzlashtirib borishlari, xorijiy tillarni eshitish va koʻrish orqali tez hamda oson oʻrganishlari, xorijlik professor-oʻqituvchilarning dars mashgʻulotlarini onlayn kuzatishlari mumkin boʻladi.

“Smart” xonada oʻquvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishish maqsadida viloyati hokimi oʻrinbosari Sanʼat Salayev, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirov, Qoʻshkoʻpir tumani hokimi Joʻrabek Rahimov, tuman prokurori Maqsud Xojayev, tuman xalq taʼlimi boʻlimi Kamoliddin Nurmatovlar tashrif buyurdi.

8d0297103875c72cff3d0.jpg

Endilikda maktab bitiruvchilari bemalol yuqori tezlikdagi internetda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga ham puxta tayyorgarlik koʻrishlari mumkin.