× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti attestatsiyadan oʻtkaziladi
22.02.2021

photo_2021-02-22_20-22-58.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 22-fevralidan Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyatini tashqi baholash jarayoni boshlandi.

Mazkur masala muhokamasiga bagʻishlangan seminarda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, ekspert komissiyasi aʼzolari OTM tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari ishtirok etdi.

photo_2021-02-22_20-12-33.jpg

Unda OTMlar tomonidan taʼlim inspeksiyasiga taqdim etilgan ichki baholash xulosalarining sifati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Andijon davlat universiteti va Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan muhokamalar davomida taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganishda ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim sifatini oshirish yuzasidan uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish lozimligi ham taʼkidlandi.

photo_2021-02-22_20-23-44.jpg

Qayd etish lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyunda qabul qilingan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, oʻtkazilayotgan jarayonlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi institut faoliyati va OTMlarda ilmiy salohiyatga ega boʻlgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻyicha koʻrsatkichlarga ham tegishli baho beriladi.