× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijonda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi
02.03.2021

photo_2021-03-02_20-58-03.jpg

Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi viloyatdagi taʼlim sifati koʻrsatkichlari va bu borada amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida maqsadida Andijon viloyatida boʻldi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha viloyatdagi maktablarda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi hududiy masʼullar bilan muhokama qilindi.

Taʼkidlanishicha, Andijon viloyat maktablar reytingida 4-oʻrinni band etgan. Oʻtgan vaqt davomida viloyatda taʼlim sifatini taʼminlash bilan bogʻliq bir qator ijobiy ishlar va tashabbuslar amalga oshirilgan. Xususan, viloyatdagi xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarining barchasi videoproyektorlar bilan jihozlangan. Ushbu maktablarga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan jami 210 mln soʻmlik kimyo, fizika, biologiya fan kabineti jihozlari va laboratoriya anjomlari bilan taʼminlangan.

Biroq, viloyatdagi mavjud 764 ta maktablarning 625 tasida (82%) biologiya, 77 tasida (10%) fizika va 137 tasida (18%) kimyo laboratoriya jihozlari, 371 ta (35,4%) maktabda kimyoviy reaktivlar yetishmaydi.

photo_2021-03-02_20-59-01.jpg

2020-yilda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini akkreditatsiyadan oʻtkazish rejasiga asosan yil davomida attestatsiyaga jalb etilgan 136 ta maktablarning 12 tasida (8,8%) taʼlim sifati qoniqarsiz deb baholangan va akkreditatsiyalanmagan. Ushbu maktablarning barchasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi past, salohiyatli oʻqituvchilar yetishmaydi.

Nafaqat maktablarda hatto hududdagi maktab oʻqituvchilarining malakasini va pedagogik mahoratini oshirishga masʼul boʻlgan hududiy malaka oshirish markazida ham fizika, kimyo laboratoriya mashgʻulotlarini koʻrgazmali tashkil etish imkoniyati chegaralangan.

Natijada, koʻpchilik maktablarda oʻqituvchi va laborantlarning amaliy mashgʻulotlarni bajarish koʻnikmasi mavjud emas, laboratoriya jihozlari mavjud maktablarda undan foydalanish samaradorligi pastligicha qolmoqda.

Shuningdek, PISA dasturi asosida 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan Milliy tadqiqotda viloyatda oʻrtacha samaradorlik 45 foizni koʻrsatgan.

photo_2021-03-02_20-58-38.jpg

Muhokamalar davomida koʻtarilgan masalalarga toʻxtalib oʻtarkan, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha qator takliflarini bildirib oʻtdi:

– Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun maktab-OTM-malaka oshirish hududiy markazi-metod xizmat hamkorligini mustahkamlash, taʼlim sifati past maktablar bilan manzilli ishlash choralarini koʻrish lozim. Ularni OTM, metod xizmat va hududiy markazga biriktirish, maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining xususiyati va kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga koʻmaklashish maqsadga muvofiq boʻladi.

Bundan tashqari, pandemiya asoratlarini bartaraf etish va taʼlim boʻshliqlarini toʻldirish maqsadida talaba-yoshlar uchun dars soatlarini koʻpaytirishimiz, buning uchun esa amaliyotlarni sifatli tashkil etishimiz va ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga katta eʼtibor berishimiz kerak.

Yakunda muhokama qilingan masalalarni hal qilish boʻyicha aniq chora tadbirlar belgilab olindi.