× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Fargʻonada “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktablarning oʻrni va ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi
03.03.2021

photo_2021-03-02_23-19-09.jpg

Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Fargʻona viloyatida boʻldi.

Tashrif mobaynida viloyatdagi maktab oʻqituvchilariga doimiy metodik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy dars oʻtishda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida uchrashuvlar va mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

photo_2021-03-02_22-58-18.jpg

Xususan, Quvasoy shahridagi 1-IDUMda “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda viloyatdagi tayanch maktablarning oʻrni va ahamiyati” oʻquv-seminar tashkil etildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev, viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Quvasoy shahar hokimi hamda Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi xodimlari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi rahbariyati, tuman, shahar, xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, tayanch maktab rahbarlari hamda trener oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

photo_2021-03-02_22-56-58.jpg

Seminar qatnashchilari dastlab maktabda 7 ta fan boʻyicha Fargʻona davlat universiteti, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi oʻqituvchi-professorlari hamda soha boʻyicha maxsus amaliyotdan oʻtgan trener-oʻqituvchilar tomonidan oʻtilayotgan 2022-yil PISA xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik mahorat darslari bilan tanishdilar.

Shuningdek, shahar va tumanlardan taklif etilgan fan metodistlari va trener-oʻqituvchilar uchun maʼruza, taqdimot, amaliy mashgʻulotlar, davra suhbatlari oʻtkazildi.
4a2a70e6aa0b370ae36dc.jpg

Shoʻbalarda maktabning 10-sinf oʻquvchilariga fizika fanidan “Mahorat darsi”, trener-oʻqituvchilarga oʻqish savodxonligi (PIRLS), matematik savodxonlik (PISA), tabiiy-ilmiy savodxonlik (kimyo, biologiya, fizika, geografiya) yoʻnalishlarida oʻquvlar oʻtkazildi.

e4b9a9516547aad64ca42.jpg

Shundan soʻng maktabning faollar zalida oʻquv seminari qatnashchilari, shahar va tuman mudirlari va tayanch maktablar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

photo_2021-03-02_23-14-24.jpg

photo_2021-03-02_23-14-58.jpg

Muhokamlar jarayoniga tayanch maktablar oʻziga biriktirilgan maktablar bilan faol tarzda ishlash mexanizmini joriy etgan holda ishlarni tashkil etishlari boʻyicha vazifalar belgilandi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga biriktirilgan maktablar tayanch maktablar tomonidan oʻtkazilayotgan seminar-trening, amaliy mashgʻulot va davra suhbatlarida ishtirokini toʻliq taʼminlash va trener-oʻqituvchilar shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

photo_2021-03-03_11-19-56.jpg

Seminar yakunida xalqaro tadqiqotlarga oid oʻquv-uslubiy va video materiallardan iborat Milliy markaz tomonidan tayyorlangan 28 komplekt DVD disklari barcha ishtirokchi maktablarga tarqatildi.