× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Namanganda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktablarning oʻrni va ahamiyati mavzusida seminar tashkil etildi
04.03.2021

photo_2021-03-04_17-44-29.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan 6-sonli tayanch maktabida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktablarning oʻrni va ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Respublika boʻyicha 348 ta tayanch maktablari belgilangan boʻlsa, shundan, Namangan viloyatida 24 ta maktab tayanch maktab sifatida faoliyat olib bormoqda. Ushbu tayanch maktablariga xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishda oʻquv-uslubiy yordam yordam koʻrsatish maqsadida viloyatda joylashgan 686 ta umumtaʼlim muassasalari biriktirilgan.

Seminar qatnashchilari dastlab maktabda 7 ta fan boʻyicha Namangan davlat universiteti, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi oʻqituvchi-professorlari hamda soha boʻyicha maxsus amaliyotdan oʻtgan trener-oʻqituvchilar tomonidan oʻtilayotgan 2022-yil PISA xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik mahorat darslari bilan tanishdilar.

Shuningdek, shahar va tumanlardan taklif etilgan fan metodistlari va trener-oʻqituvchilar uchun maʼruza, taqdimot, amaliy mashgʻulotlar, davra suhbatlari oʻtkazildi.

Shoʻbalarda maktabning 10-sinf oʻquvchilariga fizika fanidan “Mahorat darsi”, trener-oʻqituvchilarga oʻqish savodxonligi (PIRLS), matematik savodxonlik (PISA), tabiiy-ilmiy savodxonlik (kimyo, biologiya, fizika, geografiya) yoʻnalishlarida oʻquvlar oʻtkazildi.

Shundan soʻng maktabning faollar zalida oʻquv seminari qatnashchilari, shahar va tuman mudirlari va tayanch maktablar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev oʻz maʼruzasida tayanch maktablarni oʻzlariga biriktirilgan maktablar bilan ishlashni tizimli ravishda amalga oshirish, xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS dasturlari yoʻnalishlariga mos ravishda tegishli fanlar, ayniqsa aniq, tabiiy va filologiya fanlari, shuningdek boshlangʻich taʼlim fan yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan trenerlarning malakasini oshirish, ustoz-shogird anʼanasi asosida tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish, tajribali ustozlar va tajribali mutaxassislarni tayanch maktablari oʻquv jarayonlariga jalb qilish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, 2019 – 2020-yillarda Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida Namangan viloyatidagi taʼlim sifatida oid ilmiy asoslangan maʼlumotlar taqdim etildi.

Unda oʻquvchilarning ijodiy va mantiqiy, matnni oʻqib tushunish, talqin qilish va xulosalar chiqarish, fikrlarini yozma bayon qilish koʻnikmalarining rivojlanishidagi muammolar va ularni yaxshilash masalalari haqida toʻxtalib oʻtildi.

Seminar yalpi yigʻilishi, matematik, tabiiy-ilmiy va oʻqish savodxonligi, boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha shoʻbalarga boʻlingan tarzda olib borildi. Mazkur shoʻbalarda Namangan davlat universitetidan jalb etilgan tajribali professor-oʻqituvchilar hamda xalq taʼlim tizimidagi malakalari trenerlar ustoz-shogird tizimi mahorat darslarini namoyish qildilar.

Seminar ochiq muloqot va bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etilib, unda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Seminar yakunida xalqaro tadqiqotlarga oid oʻquv-uslubiy va video materiallardan iborat Milliy markaz tomonidan tayyorlangan 24 komplekt DVD disklari barcha ishtirokchi maktablarga tarqatildi.