× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Toshkent viloyatida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
02.04.2021

photo_2021-04-02_21-08-01.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi muammolarni oʻrganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani taʼminlashi shart degan vazifa belgilangan edi.

Ushbu vazifadan kelib chiqib, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya hududlarga tashkil buyurgan holda taʼlim sifati va samaradoriligi taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, bevosita pedagoglar va soha vakillari bilan uchrashgan holda ularning mavjud muammolarini hal qilish boʻyicha takliflarini tinglash, amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida ishlarni boshlab yuborishgan.

Joriy yilning 28-mart – 2-aprel kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent viloyatidagi taʼlim muassasalarida boʻldi.

Tashrif mobaynida uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinidagi tashkilotlar: maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik, litseylar, professional taʼlim muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari faoliyati natijalari mazkur taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglari ishtirokida muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

photo_2021-04-02_21-12-24.jpg

Inspeksiya ishchi guruhida tomonidan taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalarini muhokama qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha rejalarni belgilab olish maqsadida 1-aprel kuni Yangiyo‘l tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar markazi zalida seminar oʻtkazildi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mirgaziyeva Zuhra, raisi, tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududdagi oliy taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlim boshqarmalari rahbarlari hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab Respublikamiz Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan yangi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻi tashkil etildi.

Viloyatga tashrif mobaynida inspeksiya xodimlari tomonidan yangi ishi boshlagan ushbu professional taʼlim muassasalari faoliyat ham oʻrganildi.

Toshkent viloyatidagi 65 ta professional taʼlim muassasasi (shundan, 35 ta kasb-hunar maktablari, 15 ta kollej va 15 ta texnikum)da 125 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 825 nafar pedagog kadrlar faoliyat olib bormoqda.

Inspeksiya xodimlari tomonidan ushbu muassasalarning moddiy-texnik taʼminoti, kasb hunar oʻrgatish boʻyicha texnikalar, oʻquv adabiyoti va uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik holati koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar mahalliy hokimliklar bilan muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha chora tadbirlar belgilandi.

photo_2021-04-02_21-08-02.jpg

Shuningdek, mutasaddilarga integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqadigan tayanch oliy taʼlim muassasalari malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan uzluksiz taʼlimning ilk boʻgʻini hisoblangan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ham oʻrganildi. Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan 1 034 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan, 514 tasi davlat MTTlari hamda 520 tasi nodavlat MTTlari (121 ta xususiy, 31 ta DXSH, 368 ta (70.8%) oilaviy) hisoblanadi.

Viloyatda jami 220 595 nafar 3-7 yoshdagi bolalar mavjud boʻlib, ularning 119 951 nafari (54,3%) maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

Viloyat MTTlarda faoliyat koʻrsatayotgan 7 487 nafar pedagog xodimlarning 5 697 nafari (76,1%) oʻrta maxsus maʼlumotlilarni tashkil etadi.

Viloyatning Zangiota, Toshkent, Yangiyoʻl tumanlaridagi ayrim mahallalarda maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emasligi, bu esa shu mahallalarda yashovchi ota-onalarga oʻz farzandlarini yashash joyidan uzoq masofadagi bogʻchaga olib borish bilan bogʻliq qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Davlat rahbari tomonidan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning poydevori etib belgilandi, majburiy 1 yillik maktabga tayyorgarlik joriy etildi, maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim oʻquv dasturlari oʻrtasida uzviylik taʼminlanmoqda.

photo_2021-04-02_21-08-02 (2).jpg

Hududda maktabgacha taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarida qayd etilganidek xususiy sektor ulushidan foydalangan holda nodavlat, xususiy-sherikchilik hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish, shuningdek tashabbus bilan chiqayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu mahallalar joylashuvidan kelib chiqqan holda yangi MTTlar tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, hududdagi mavjud oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog xodimlarni oliy taʼlim taʼlimning maxsus sirtqi boʻlimlariga yoʻnaltirish choralarini koʻrish, oliy taʼlim muassasasida maktabgacha taʼlim va tarbiya yoʻnalishlariga kvotalar sonini oshirish, hududlarda ish bilan taʼminlanmagan oliy maʼlumotli pedagogik kadrlarni aniqlash va ularni qayta tayyorlov kurslariga yoʻnaltirish orqali ehtiyojni qoplash maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.

Oʻrganish jarayonida ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni rivojlanish hamda maktabga tayyorgarlik xaritalari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida toʻldirilmaganligi, mashgʻulotlar jadvalining guruhlarda oʻtkaziladigan taʼlimiy faoliyat turlari va miqdoridan kelib chiqib toʻgʻri tuzilmaganligi, mavjud metodistlar tomonidan metodik xizmatni toʻgʻri va yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi aniqlandi.

Taʼlim inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbarlari va metodistlariga mavjud muammolarni bartaraf etish va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi va uslubiy yordam koʻrsatildi.

Xususan Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi viloyatdagi umumtaʼlim maktablari faoliyati ham oʻrganilib, pedagoglarga uslubiy-amaliy yordam koʻrsatildi, ularning faoliyatini attestatsiyadan oʻtkazishda inobatga olinadigan holatlar haqida maʼlumot berildi.

Oxirgi ikki yil davomida viloyatdagi oliy toifali oʻqituvchilar soni 704 nafardan 1 001 nafarga, birinchi toifali oʻqituvchilar soni 3 516 nafardan 4 167 nafarga oshishiga erishilgan.

Lekin, oʻrganishlar davomida viloyatda taʼlim sifatini oshishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar mavjudligi aniqlandi.

Birinchidan, viloyatda maktablarni malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi yetarli emas. Viloyat maktablaridagi oliy toifali oʻqituvchilar ulushi 3,2 foiz, birinchi toifali oʻqituvchilar ulushi 13,4 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatdagi 463 ta (51,9%) maktablarda birorta ham oliy toifali oʻqituvchilar mavjud emas.

Bugungi kunda maktablarda 5 500 nafar (15%) oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, viloyat maktablarida oʻqituvchilarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyoj 520 tani tashkil etadi. Bu koʻrsatkich Boʻstonliq, Oqqoʻrgʻon va Quyichirchiq tumanlarida nisbatan ancha yuqori.

Pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojning asosiy qismini ingliz tili
(63 ta), matematika (59 ta), informatika (47 ta), rus tili (45 ta) fani oʻqituvchilari tashkil etadi.

Bundan tashqari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining metodik xizmati tomonidan oʻqituvchilarga amaliy yordam koʻrsatish ishlari samarali tashkil etilmagani, maktablarda metod birlashmalar faoliyati deyarli toʻxtab qolgani, natijada koʻpchilik oʻqituvchilar dars jarayonlarini toʻgʻri tashkil etmagani hamda ayrim oʻqituvchilarning darslarga tayyorgarliksiz kirishi odatga aylanib qolgani tanqid qilindi.

Ushbu kamchiliklarni hamkorlikda bartaraf etish uchun oliy taʼlim muassasalari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga

– Maktab-OTM-malaka oshirish hududiy markazi-metod xizmat hamkorligini mustahkamlash;

– Taʼlim sifati past maktablar bilan manzilli ishlash choralarini koʻrish, ularni OTM, metod xizmat va hududiy markazga biriktirish;

– maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining xususiyati va kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga koʻmaklashish;

– pandemiya asoratlarini bartaraf etish va taʼlim boʻshliqlarini toʻldirish maqsadida talaba-yoshlar uchun dars soatlarini koʻpaytirish, amaliyotlarni sifatli tashkil etish va ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga katta eʼtibor berish kabi vazifalar belgilab berildi.

Muhokamalar yakunida koʻtarilgan masalalar, Toshkent viloyatida taʼlim sifatini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilib, bu borada aniq muddatli chora-tadbirlar rejasini tuzishga kelishib olindi.