× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ayrim maktablarda Pedagogika institutlarining sinflari tashkil qilinadi
07.04.2021

72092af2c6fe6e6a1562cb7b09237db0.jpeg

Hukumatning tegishli qarorlari (06.04.2021, №187188) bilan Andijon va Buxoro davlat universitetlarining Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Eʼtiborlisi, yangi qarorlarga asosan oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlaridagi yetakchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 tasida 3–4-sinf oʻquvchilari uchun “Oʻqish va matematik savodxonlik boʻyicha sinflar”, 8–9-sinf oʻquvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha sinflar”, 10–11-sinf oʻquvchilari uchun pedagogika sinflari tashkil etiladi va Pedagogika institutlari taklifi asosida dars jarayoniga taʼsir etmagan holda oʻquv jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari (RISA, TIMSS, RIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash yangi institutlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining oʻquv jarayoni va amaliyotini, Buxoro viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari hamda Innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini oʻzi ichiga qamrab oluvchi Maktabgacha taʼlim innovatsion klasteri tashkil etiladi.

Mazkur institutlarda oʻquv jarayoni institutda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Termiz va Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlarini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarorlari (16.03.2021 №140, №141) qabul qilingan edi.