× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Finlyandiya tajribasida kelib chiqib Pedagogika institutlari bitiruvchilariga ikkita kvalifikatsiya berish yoʻlga qoʻyiladi
07.04.2021

college-graduate-06-mar-2017.jpeg

Hukumatning tegishli qarorlari (06.04.2021, №187, №188) bilan Andijon va Buxoro davlat universitetlarining Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Qarorlarga koʻra mazkur universitetlarda oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Qayd etish lozimki, mazkur tajriba Finlyandiyada ham mavjud boʻlib, maktab oʻquvchilarga bir-biriga yaqin fanlarni bogʻlagan holda real hayotiy hodisalar asosida oʻqitish, kelgusida oʻquvchilar olgan bilim va koʻnikmalarni hayotda qoʻllay olishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, RIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash yangi institutlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.