× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim sohasi boʻyicha finlyandiyalik investorlar Oʻzbekistonga keladi
07.04.2021

11.png

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajribalarni, xususan, Finlyandiya taʼlim tizimini oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi taʼminlash maqsadida Taʼlim inspeksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Finlyandiya Respublikasining Oʻzbekistondagi faxriy konsulligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Finlyandiyadagi yetakchi ekspertlar, olimlar va investorlar bilan muzokaralar olib borildi va bir qator loyihalar boshlab yuborildi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlarning uzviy davomi sifatida joriy yilning 8-14-aprel kunlari Finlyandiyaning taʼlim sohasi boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻygan bir qator kompaniya rahbarlari va vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurishadi.

Delegatsiya tarkibidan “FinEst Bay Area” kompaniyasi va “AngryBirds” oʻyini asoschisi Piter Vesterbaka, “Finest Future” kompaniyasi hammuassisi Tuomas Tiilikaynen, “Edunation Finland” kompaniyasi hammuassisi Harri Suominen, “Skillgrower” kompaniyasi asoschisi Pasi Savola va PK Safety and Rescue” kompaniyasi bosh direktori Pertti Korteyarvi kabilar oʻrin olgan.

Yetti kun davomida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyat hokimliklari hamda taʼlim tizimi mutasaddilari bilan uchrashuvlarda talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim dasturlari, matematika va fin tilini oʻqitish boʻyicha loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borish hamda memorandumlar imzolash rejalashtirilgan.

Shuningdek, rejaga oʻzbekistonlik yoshlar bilan “Start-up” loyihalari boʻyicha uchrashuv, umumtaʼlim maktablariga va bir qator oliy taʼlim muassasalariga tashrif ham kiritilgan.

Tashrif yakunida «Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorlik yoʻnalishlarining istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum tashkil etiladi. Unda xorijiy ekspertlar bilan oʻzaro tajriba almashish hamda tashrif davomida erishilgan kelishuvlar boʻyicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilinadi.