× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Finlyandiyalik investorlar Samarqanddagi ikkita oliy taʼlim muassasasi bilan muzokara oʻtkazdi
12.04.2021

photo_2021-04-12_19-27-48.jpg

Ayni kunlarda Finlyandiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻygan bir qator kompaniya rahbarlari va vakillari taʼlim sohasi boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida joriy yilning 12-aprel kuni Finlyandiyaning “FinEst Bay Area” kompaniyasi asoschisi Piter Vesterbaka, “Finest Future” kompaniyasi hammuassisi Tuomas Tiilikaynen, “Edunation Finland” kompaniyasi hammuassisi Harri Suominen, “Skillgrower” kompaniyasi asoschisi Pasi Savola va “PK Safety and Rescue” kompaniyasi bosh direktori Pertti Korteyarvi hamda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti rahbariyati, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Zebiniso Shodiyeva ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda taʼlim tizimida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, muhokamalar davomida Samarqand viloyatida pedagogika sohasini takomillashtirish va yetuk kadrlarni tayyorlash boʻyicha Samarqand davlat universiteti qoshida Oʻzbek–fin pedagogika institutini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

photo_2021-04-12_09-13-59.jpg

Hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida Finlyandiya oliy pedagogik taʼlim tizimida amalda boʻlgan oʻquv dasturlaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.

Shuningdek, Finlyandiyaning nufuzli OTMlarida SamDU uchun PhD darajasiga ega boʻlgan yuqori malakali ilmi-pedagog kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik qilishga va SamDUda tashkil qilinayotgan “Muhandislik fizikasi” instituti bilan sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

photo_2021-04-12_14-50-52.jpg

Finlyandiyalik investorlardan iborat delegatsiya viloyatdagi “Ipak yoʻli” turizmni rivojlantirish xalqaro universiteti mutasaddilari bilan ham muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida Finlyandiya oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuvi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish lozim, Finlyandiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari va vakillaridan iborat delegatsiya Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham boʻlib, Finlyandiyada professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun stajirovkalar tashkil etish hamda talabalar, tadqiqotchilar va professorlar uchun qoʻshma taʼlim va almashinuv dasturlarini amalga oshirish boʻyicha memorandumlar imzolagandi.