× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Finlyandiyalik investorlar Samarqanddagi maktab faoliyati bilan tanishdi
12.04.2021

photo_2021-04-12_14-50-46.jpg

Ayni kunlarda Finlyandiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻygan bir qator kompaniya rahbarlari va vakillari taʼlim sohasi boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida joriy yilning 12-aprel kuni chet ellik investorlar Samarqand shahridagi 81-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, pedagoglar salohiyati va oʻquv jarayonlari bilan bevosita tanishdi.

EywYxUnW8AIGboG.jpg

Tashrif davomida tomonlar Samarqandda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikda ishlash, tajriba almashish, malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha muzokaralar ham oʻtkazildi.

Muzokaralarda shuningdek, Samarqand va Finlyandiya shaharlari oʻrtasida maktab oʻqituvchilari uchun almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish; xususan, samarqandlik 2 nafar oʻqituvchini Finlyandiyaga tajriba oshirish uchun yuborish hamda oʻz navbatida, finlyandiyalik oʻqituvchilarni Samarqand shahridagi maktablarga taklif qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqish, yuzasidan ham oʻzaro fikr almashildi.

photo_2021-04-12_11-42-30.jpg

Qayd etish lozim, Navoiy viloyati va Lappeenranta shaharlari oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining natijasi oʻlaroq, bugungi kunda Zarafshon shahridagi 1-son umumtaʼlim maktabida finlyandiyalik oʻqituvchi Elisa Milyana Ladenperaga xonim 15 nafar oʻquvchiga fin tilidan saboq berib kelmoqda.