× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ikkinchi malaka toifasi daʼvogarlari uchun test sinovlari boshlandi
19.04.2021

photo_2021-04-19_12-38-12.jpg

Bugun, 19-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ikkinchi toifasiga talabgor pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkazish boshlandi.

Sinovlarni matematika fani oʻqituvchilari boshlab berishdi.

Ertaga hududlarda informatika, rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti hamda qirgʻiz tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

Jarayonlar oliy taʼlim muassasalaridagi barcha qulaylik, shart-sharoitlar yaratilgan, shuningdek, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlangan binolarda onlayn tarzda tashkil etilgan.

Taʼkidlash joizki, pedagoglar salomatligi saqlash maqsadida sinovlar sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda olib borilmoqda.

Jarayonlardagi shaffoflikni taʼminlash maqsadida mahalliy deputatlar, huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etilgan. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda. Bundan tashqari jarayonlar nazoratchilardan tashqari, kuzatuv kameralari orqali ham yozib olinmoqda.

Shu bilan birgalikda, pedagoglar oʻzlari qayd etgan natijalarni jarayon yakunlangan zahoti bilib olishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:

60 foiz va undan yuqori koʻrsatkich qayd etsa ikkinchi malaka toifasi beriladi. 59 foizdan 55 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa sinovlardan oʻtgan hisoblanadi va mutaxassis toifasini saqlab qoladi.

Bugungi sinovlarda yuqori natija qayd etgan ayrim ustozlarning rasmlarini eʼtiboringizga havola etmoqdamiz.

photo_2021-04-19_18-29-34.jpg

photo_2021-04-19_16-09-04.jpg

photo_2021-04-19_18-25-23.jpg

photo_2021-04-19_13-01-50.jpg

photo_2021-04-19_12-58-49.jpg

photo_2021-04-19_12-59-01.jpg