× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

“STEM taʼlimini rivojlantirish”ga qaratilgan loyiha muhokama qilindi
03.05.2021

2021-05-03_13-06-47.jpg

Joriy yilning 3-may kuni Osiyo taraqqiyot banki va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari oʻrtasida “STEM taʼlimini rivojlantirish”ga qaratilgan yangi hamkorlik loyihasi rejasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Osiyo taraqqiyot bankining Ijtimoiy sektor boʻyicha rahbari, Taʼlim masalalari boʻyicha bosh mutaxassis Eysuke Tajima hamda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev va inspeksiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv kun tartibidan STEM (fan texnologiya, muhandislik va matematika) taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan loyiha boʻyicha oʻquv dasturlari va dasturlarni takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash, oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, oʻqituvchilarni tayyorlash, maktablari zamonaviy AKT vositalari va jihozlari bilan taʼminlash boʻyicha rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari Osiyo taraqqiyot banki vakillarining taʼlim sifatini baholash milliy va xalqaro tadqiqotlar boʻyicha savollariga javob qaytarishdi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Osiyo taraqqiyot banki vakillariga mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirishdagi uzoq yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, inspeksiya tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda oʻquvchilarning STEM fanlari boʻyicha bilimlari sinashga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlab oʻtdi.

2021-05-03_12-59-21.jpg

– Biz oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish va ularda STEM fanlariga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishni maqsad qilinganmiz. Shu kunga qadar oʻquvchilar maʼlum fanlarni oʻzlashtirishga oldilariga yoki oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtish, yoki maktabda aʼlo baholarga oʻqish haqida oʻylashgan. Mazkur loyiha maktabda oʻqitiladigan darsliklar imtihon natijasi yoki baho uchun emas, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qilishiga umid qilamiz.

Oʻzbekiston ilk marotaba xalqaro baholash tizimlarida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, 2022-yilda PISA tadqiqotlaridan ishtirok etamiz. Ayni kunlardaushbu tadqiqotning respublikamizdagi 84 ta maktabdagi 4 803 nafar 15 yoshli oʻquvchilar ishtirokida  tajriba sinovlari oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari oʻtgan yilning dekabr oyida inspeksiya tomonidan PISA talablari asosida baholash boʻyicha milliy tadqiqot oʻtkazilgan edi. Biz ushbu milliy tadqiqot natijalarini loyiha doirasida foydalanish uchun taqdim etishga va hamkorlik qilishga tayyormiz, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Shuningdek, inspeksiya vakillari tomonidan loyiha doirasidagi ishlar samaradoriligi oshirish uchun STEM fanlari oʻqitilishini nafaqat maktab balkim, bogʻchadan boshlab kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimini ham qamrab olish zarurligi taʼkidlandi.

2021-05-03_12-09-42.jpg

Osiyo taraqqiyot banki vakili Eysuke Tajima inspeksiya tadqiqotlarining natijalari loyiha doirasidagi rejalarni belgilab olish uchun juda muhim ekanligi taʼkidlar ekan, loyiha doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha bildirilgan takliflar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Muhokamalar yakunida koʻrilgan masalalar va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni izchil ravishda davom ettirishga kelishib olindi.