× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Informatika boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi
29.05.2021

photo_2021-05-27_16-14-27.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida informatika fani boʻyicha oʻquv dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov, Respublika taʼlim markazi metodistlari, Oʻzbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tajribali professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida taʼlim vazirliklari oʻz taʼlim obyektlari boʻyicha meʼyoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan boʻlsalarda, sohada uzluksiz taʼlim jarayonida uzviylikni taʼminlashda qator muammolar koʻzga tashlanayotgani taʼkidlandi. Bu esa bevosita taʼlim sifati va samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

photo_2021-05-27_16-14-29.jpg

Mazkur muammolarni bartaraf etish boʻyicha eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtar ekan, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida taʼlim sifatini taʼminlash uchun oʻquv dasturlari shaklan emas, mazmunan oʻzgarishi lozimligi aytildi.

Qayd etilishicha, informatika fani boʻyicha ishchi guruh amaliyotchi olimlar va pedagoglar bilan hamkorlikda oʻrganishlar natijasiga koʻra, bugungi kunda mazkur fan boʻyicha takrorlangan mavzular 125 ta, uzviyligi taʼminlanmagan mavzular 37 ta, yangilanishi zarur mavzular 106 ta, xalqaro tadqiqotlar boʻyicha kiritiladigan mavzular 6 ta, boshqa taʼlim turiga oʻtkaziladigani 6 ta ekanligi aniqlandi va dasturlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Mazkur koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, fan dasturini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya boʻyicha yaratilgan oʻquv dasturlari Taʼlim inspeksiyasining uzviylik.tdi.uz muhokama portaliga joylashtirildi. Bugungi kunga qadar konsepsiyani yana-da takomillashtirish boʻyicha fuqarolar tomonidan 150 dan ortiq takliflar bildirildi.

photo_2021-05-27_16-14-29 (2).jpg

Tadbir davomida har bir taʼlim bosqichi mutaxassislari umumiy oʻrta maktablarida, akademik litsey, professional va pedagogika oliy taʼlim tizimi informatika fani boʻyicha uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.

Muhokamalar jarayonida informatika fani oʻqitishdagi mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, taʼkidlanishicha, ishlab chiqilayotgan yangi oʻquv dasturlarida mavzularning soddadan murakkabga qarab shakllantirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birgalikda oʻquvchilarda zamonaviy kasb koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida, maktab oʻquv dasturlariga ijtimoiy media marketing (SMM), kontentni boshqarish tizimlari (CMS), taʼlimni boshqarish tizimlari (LMS), ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC), internetda mustaqil daromad topish (Web Freelance) kabi mavzular kiritilishi kutilmoqda.

photo_2021-05-27_16-15-08.jpg

Bundan tashqari, davra suhbati davomida oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga tatbiq etilishi amalga oshirilishi lozim boʻlgan qator vazifalar ham sanab oʻtildi. Xususan, oʻquv dasturlari mazmunini shakllantirishda oʻquvchilarning psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi va qiziqishlariga alohida eʼtibor qaratilishi lozim. Fanning oʻqitilishida taʼlim bosqichlari orasida dars soatlari hajmi kontentga nisbatan qayta koʻrib chiqilishi kerak.

Tadbir yakunida, informatika fani boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.