× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

2021-yilning birinchi choragida 802 ta MTT attestatsiyadan oʻtkazildi
31.05.2021

Слайд1.JPG

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ichki va tashqi baholashdan oʻtkazib kelinmoqda.

2021-yil rejasiga asosan joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 802 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiya jarayonlariga jalb qilinib, tuman attestatsiya komissiyalari tomonidan tashqi baholashdan oʻtkazildi va xulosalari Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiya yigʻilish qaroriga asosan 710 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtdi” va akkreditatsiyalandi, 92 tasi esa “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etildi.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta, Andijon viloyatida 13 ta, Buxoro viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 6 ta, Navoiy viloyatida 7 ta, Namangan viloyatida 1 ta, Samarqand viloyatida 12 ta, Sirdaryoda viloyatida 10 ta, Surxondaryo viloyatida 16 ta, Toshkent viloyatida 15 ta, Fargʻona viloyatida 2 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Toshkent shahrida 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosalandi.

Hukumat qarori (07.06.2019 y, 470-son) bilan tasdiqlangan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti attestatsiyadan oʻtolmagan taqdirda direktorning malakasi yetarli emas deb topilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Shuningdek, faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirish jarayonlariga jalb etilib, MTT bir yildan keyin qayta attestatsiyaga jalb qilinadi. Qayta baholash natijalariga koʻra, davlat MTT attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinishi koʻzda tutilgan.

Qayd etish lozimki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish asosida oʻtkaziladigan attestatsiya jarayonida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:

taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi;

tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi;

rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati;

moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar;

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati;

milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanish holati;

maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalari;

taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi.