× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlarining uzviylashtirilgan oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi
03.06.2021


3P4A2628.JPG
Joriy yilning 2-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari boʻyicha uzluksiz taʼlim dasturlarining muhokamasiga oid davra suhbati tashkil etildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Taʼlim markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro, Urganch va Qarshi davlat universitetlari, Namangan muhandislik qurilish instituti, Navoiy hamda Chirchiq davlat pedagogika institutlarining professor-oʻqituvchilari hamda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlaridan oʻquv dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash boʻyicha jalb etilgan ekspertlar, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

photo_2021-06-03_11-03-26 (2).jpg

Tadbir davomida tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlarini oʻqitish boʻyicha fan dasturlarini takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Finlyandiya, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini singdirish va xalqaro tadqiqotlarga moslashtirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

photo_2021-06-03_11-03-27.jpg
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlarini boʻyicha mavjud oʻquv dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha 15 nafar eng tajribali va malakali olimlardan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi va ushbu fanlarning uzluksiz taʼlim tizimidagi oʻquv dasturlari oʻrganib chiqildi. Mazkur fan konsepsiyalar va oʻquv dasturlari loyihalari Chirchiq davlat pedagogika instituti, Qashqadaryo, Buxoro davlat universitetlari va Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasiga ekspertizaga berilgan.

Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari fani boʻyicha ishchi guruh amaliyotchi olimlar va pedagoglar bilan hamkorlikda oʻrganishlar natijasiga koʻra, bugungi kunda mazkur fanlar boʻyicha takrorlangan mavzular 7 ta, uzviyligi taʼminlanmagan mavzular 11 ta, yangilanishi zarur mavzular 34 ta, xalqaro tadqiqotlar boʻyicha kiritiladigan mavzular 5 ta, boshqa taʼlim turiga oʻtkaziladigani 17 ta ekanligi aniqlandi va oʻquv dasturlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib takomillashtirildi.

Mazkur koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, fan dasturini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya boʻyicha yaratilgan oʻquv dasturlari Taʼlim inspeksiyasining uzviylik.tdi.uz muhokama portaliga joylashtirildi. Bugungi kunga qadar konsepsiyani yana-da takomillashtirish boʻyicha keng jamoatchilik va soha mutaxassislari, fuqarolar tomonidan 70 dan ortiq takliflar bildirildi.

Uzviylik_ТАҚДИМОТ_Тасв_санъат_ва_чиз_к_.jpg

Bildirilgan takliflar hamda ekspertiza xulosalari asosida Konsepsiya va oʻquv dasturlar takomillashtirildi hamda yaxlit Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlaridan “Uzluksiz taʼlim dasturlari” loyihasi ishlab chiqildi.

Tadbir davomida har bir taʼlim bosqichi mutaxassislari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta maktablari, akademik litsey, professional va pedagogika oliy taʼlim tizimi tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari boʻyicha uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.

photo_2021-06-03_11-03-25.jpg


Muhokamalar jarayonida tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari oʻqitishdagi mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, ekspertlar tomonidan bugungi kunda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlaridan yangi zamonaviy darslik va uslubiy qoʻllanmalar yaratish, taʼlim muassasalarini fanga oid zarur texnik vositalari bilan darslarni zamonaviy AKT yordamida oʻqitishini yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Ayniqsa professional taʼlim muassasalarida ushbu fanlarni bir necha yoʻnalishlarga boʻlib oʻqitish, bunda uslubiy qoʻllanmalar va darsliklar sonini keskin oshirish zarurligi kabi fikrlar aytib oʻtildi.

photo_2021-06-03_11-03-28 (2).jpg


Oʻz navbatida oʻquv dasturlariga oʻzgartirishlar kiritilayotganini inobatga olgan holda pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida, tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.