× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Universitetlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha Rossiya tajribasi oʻrganilmoqda
10.06.2021

2021-06-09_4417-48-24.png

Joriy yilning 9-iyun kuni Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilarining oliy taʼlim sohasida xalqaro ekspert, Times Higher Education tashkilotining Rossiya va MDX mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori (2017-2019) Yegor Yablokov bilan universitetlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga doir Rossiya tajribasini oʻrganish boʻyicha videokonferensiya formatida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2021-yilning 13-may kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati qarori bilan universitetlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Prioritet-2030” akademik strategik liderlik dasturini amalga oshirish boshlandi. Ushbu dastur tadqiqot, ishlanma, taʼlim va innovatsiyalar, hududlar va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda tanlov yoʻli bilan aniqlanadigan kamida 100 ta universitet ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul qilingan har bir universitet hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha loyihalar uchun 100 mln rubl yillik asosiy grantga ega boʻladi. Baʼzi universitetlar esa tanlov natijalari asosida maxsus grantlarga - tadqiqot, hududiy va sanoat rahbarligini rivojlantirishga daʼvogarlik qilishlari mumkin boʻladi.

Uchrashuv avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xalqaro ekspertga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, mamlakatimizda milliy oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturlar ishlab chiqilayotgani, bu borada Rossiya tajribasini ham oʻrganish muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

– Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan ikkita universitetni birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish vazifasi belgilangan.

Bu albatta oʻz-oʻzidan amalga oshadigan yoki oson ish emas. Koʻpgina davlatlar tajribasiga nazar soladigan boʻlsak, ularda milliy universitetlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yirik dasturlar amalga oshirilganligi va bu kabi loyihalar yaqqol samara berayotganligini guvohi boʻlishimiz mumkin. Shuning uchun Davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda milliy universitetlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Bir qator davlatlar tajribasini oʻrgangan holda milliy oliy taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish uchun “2+500” va “8+1 000” loyihalari ishlab chiqdik, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Uchrashuv davomida xalqaro ekspertga ishlab chiqilgan yangi dasturlar loyihalar haqida maʼlumot berildi va uning bu boʻyicha uning takliflari tinglandi.

2021-06-09_16-19-26.png


Yegor Yablokov Rossiyaning “Prioritet-2030” akademik strategik liderlik dasturi maqsadi, vazifalar va qanday amalga oshirilish haqida batafsil taqdimot oʻtib berdi hamda oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan tayyorlanayotgan loyihalar ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi.

– Mazkur dastur ikki yil davomida yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqildi. Har qanday davlat bu Rossiyami yoki Oʻzbekistonmi universitetlarni rivojlantirishga mablagʻ ajratar ekan, universitetlardan jamiyat va iqtisodiyot uchun natija kutishga haqli deydi ekspert.

Ilmiy tadqiqotlar, inson kapitalini rivojlantirish hamda texnologiya va innovatsiyalar universitetlarning faoliyatini baholashdagi va isbotlanishi mumkin boʻlgan asosiy mahsulotlari hisoblanadi.

Taʼlim inspeksiyasi bilan Times Higher Education mintaqaviy direktori boʻlib ishlagan paytlarimdan beri yaqindan hamkorlik qilib kelaman. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor berayotgani bejizga emas. Mana Rossiya ham pandemiya sharoitiga qaramasdan yirik mablagʻ sarflanadigan dasturga start berdi. Chunki inson kapitali va raqobatbardosh oliy taʼlim muassasalarisiz mamlakat kelajagini tasavvur qilib boʻlmaydi. Oʻzbekistonda ham bunga oʻxshash dasturlar ishlab chiqilayotgani, bu borada boshqa mamlakatlar tajribasi oʻrganilayotgani juda toʻgʻri tanlangan yoʻl deb hisoblayman. Bu borada doimiy hamkorlik qilib turishga oʻz tajribam bilan oʻrtoqlashishga tayyorman, – dedi xalqaro ekspert.

2021-06-09_16-25-04.png

Yakunda inspeksiya vakillarining “Prioritet-2030” akademik strategik liderlik dasturi boʻyicha savollariga batafsil javob qaytarildi. Shu bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy oliy taʼlim muassasalari boʻyicha ishlab chiqilayotgan dasturlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.