× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Professional taʼlim standartlarini takomillashtirish boʻyicha Rossiya tajribasi oʻrganilmoqda
09.07.2021

photo_2021-07-09_20-39-04.jpg

Joriy yilning 8-iyul kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, mutasaddilari va Rossiya prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat xizmatlari akademiyasi qoshidagi Taʼlim tashkilotlarining xalqaro xizmatlari vakolatlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Vera Skorobogatova oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda oliy taʼlim tizimida davlat taʼlim standartlari va kasb-hunar standartlari va meʼyoriy hujjatlarini tayyorlash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish tartiblari, muddatlari va shartlari hamda buning uchun zarur boʻlgan sifat va taʼlim standartlari, shuningdek, mehnat bozori talablarini oʻquv dasturiga singdirish mexanizmlari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev uchrashuvni kirish soʻzi bilan ochib berarkan, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirish hamda oliy taʼlim – mehnat bozori integratsiyasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha atroflicha maʼlumot berdi.

2021-07-09_20-27-28.png

– Taʼlim inspeksiyasi boshchiligida 20 dan ortiq mamlakatlarning tajribalarini oʻrgangan holda Oʻzbekistonda ilk bor Milliy kvalifikatsiya ramkasi hamda xalqaro andozalarga mos ravishda yangi shakl va mazmundagi “Professional standart”lar ishlab chiqildi. Bu esa malakali kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur islohotlarning izchilligini taʼminlash maqsadida, ushbu milliy kvalifikatsiya ramkalari va professional standartlar talablari oʻquv dasturlariga ham bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.

Shunday ekan, oʻylaymanki, bugungi uchrashuvimiz amalga oshirayotgan islohotlarimizning natijadorligi oshishiga xizmat qiladi, – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev.

Oʻz navbatida, rossiyalik ekspert uchrashuv uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirar ekan, bu borada Rossiya tajribasida oliy taʼlim standartlarini takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha taqdimot qildi.

2021-07-09_20-26-24.png

– Rossiya Federatsiyasida yaratilgan dastlabki taʼlim standartlari uchun qoʻyilgan talablar juda ogʻir edi. Hozirda bu kabi muammolar butunlay bartaraf etilgan. Umuman olganda, standartlar taʼlim muassasalari bitiruvchilarining keyingi bosqichda egallashlari talab etiladigan koʻnikmalardan kelib chiqqan holda, joriy etilishi kerak.

Bugungi kunda Rossiyadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻz kasbiy standartlari va shu bilan hamohang tarzda oʻquv dasturlarini ham ishlab chiqishmoqda. Bu borada ularga qator erkinlik va qulayliklar yaratib berilgan. Bunda eng muhim masala: bitiruvchilarning belgilangan standartlarga mos koʻnikma va qobiliyatlarni egallashlaridir.

Taʼlim jarayonlari va mehnat bozori talablarining oʻzaro integratsiya qilish oʻquv dasturlarini tashkil qilishda quyidagi 3 ta eng asosiy normalar hisobga olinadi: Federal davlat taʼlim standartlari, namunaviy asosiy taʼlim dasturlari va professional standartlar. Shu bilan birgalikda, albatta, xorijiy tajribalar, mehnat bozori talablari, ish beruvchi yirik kompaniyalar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar ham hisobga olinadi, – dedi Vera Skorobogatova.

Tadbir yakunida tomonlar uchrashuvda koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.