× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Hududiy boʻlimlarga taʼlim sifatini shaffof va adolatli baholash boʻyicha vazifalar berildi
16.07.2021

Screenshot_3.png

Joriy yilning 16-iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari tomonidan 2021-yilning birinchi yarmi davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va ikkinchi yarim yillikdagi vazifalar muhokama qilindi.

Unda hududlarda oʻtkazilgan oʻrganish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritalari”da koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda ijro nazorati tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, inspeksiyaning hududiy boʻlimlari rahbarlari va xodimlari tomonidan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha taqdimot qilindi.

Screenshot_4.png

Xususan, maktablar va oliy taʼlim muassasalari reytingi maʼlumotlarini shakllantirish, malaka sertifikatlari tarqatilishi, nodavlat taʼlim muassasalari sonini, maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, hududlarda faoliyat olib borayotgan attestatsiya komissiyalari tomonidan malaka toifalari berilgan pedagoglarni belgilangan muddatlarda sertifikatlar bilan taʼminlanishda eng faol hududlar sifatida Xorazm, Buxoro, Fargʻona va Jizzax viloyatlari koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, orqada qolayotgan hududlar Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari ekanligi taʼkidlandi.

Yana bir muhim yoʻnalish sifatida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik tayanch maktablar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda faoliyatini kuchaytirish boʻyicha vazirlik va mahalliy hokimliklar bilan amalga oshirilgan ishlar samaradorligiga toʻxtalib oʻtildi.

Screenshot_5.png

Bunda tayanch maktablar faoliyatini samarali rivojlantirish maqsadida hududlarda joylashgan oliy taʼlim muassasalari va malaka oshirish hududiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda 2021-2022 oʻquv yilida olib boriladigan ishlarni rejalashtirib olindi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha esa tashqi baholash komissiyalari va ular qoshida faoliyat koʻrsatuvchi ekspertlar uchun avgust oyida hududiy seminarlar tashkil etish belgilandi.

Yakunda muhokama qilingan vazifalar ijrosi boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.