× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
08.09.2021

photo_2021-09-08_17-47-36.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4939-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda xalqaro tajribani joriy etish hamda xorijiy ekspertlarni jalb etish boʻyicha tegishli mutasaddilar hamda YUNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2021-09-08_17-47-36 (2).jpg

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri – Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash raisi Nozim Xusanov, vazirlik rahbariyati va tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari – Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiyaning masalaga aloqador rahbar va xodimlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi masʼullari va YUNESCO ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

photo_2021-09-08_17-47-37.jpg

Uchrashuv mobaynida 2021-yilning sentyabr oyida tarmoq kengashlari, taʼlim muassasalari va masalaga aloqador boshqa tashkilotlar uchun “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazish rejalashtirildi.

photo_2021-09-08_17-47-38.jpg


Manba: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi