× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini baholash boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etildi
10.09.2021

112.png

Joriy yilning 8-10-sentyabr kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan hududiy boʻlim xodimlari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonlari sifatini nazorat qilish hamda baholash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.

123.png

Unda “Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” dasturlarini taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish», “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash”, “Bolalar uchun xavfsiz taʼlim muhitini tashkil etish” hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritiladigan ish hujjatlari” mavzulari boʻyicha mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.

215.png

Seminarlar davomida, shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim ustuvor vazifalar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida koʻtarilgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.