× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet tili o‘qituvchilar uchun amaliy seminar tashkil etildi
13.09.2021

photo_2021-09-10_16-44-34.jpg

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Toshkent viloyat hududiy vakilligi, ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablari chet tili o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

photo_2021-09-10_16-44-31.jpg

Unda Ta’lim isnpeksiyasi hududiy bo‘limi, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakilligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilari hamda viloyatdagi barcha tuman va shaharlarning chet tillar metodistlari, trener o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

photo_2021-09-10_16-44-35.jpg

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajasinining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. 

Seminar yakunida chet tillar metodistlari, trenerlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.