× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ta’lim sohasi vakillari diqqatiga!
14.09.2021

1.png

Siz taʼlimning turli bosqichlarida oʻquv jarayonlari, malaka oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish hamda taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanib, innovatsion yondashuvlar asosida yangi loyihalarga qoʻl urmoqchimisiz?

U holda 2021-yilning 28-sentyabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Finland-Uzbekistan SDG Booster focusing on education” loyihasi onlayn tadbiri Sizga oʻz gʻoyalaringizni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Mazkur tadbir Taʼlim inspeksiyasi, Finnpartnership tashabbusi bilan Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi, Finlyandiya taʼlim va madaniyat vazirligi, Finlyandiya taʼlim dasturi, Finlyandiya milliy taʼlim agentligi hamda Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsulligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston hamda Finlyandiyada faoliyat yuritayotgan taʼlim xizmatlari tashkilotlari va kompaniyalari uchun mos hamkorlarni topish va yangi hamkorlik gʻoyalarini amalga oshirilishiga sharoit yaratishdir.

“Finlyandiya — Oʻzbekiston Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda taʼlimni rivojlantirish” tadbirida ishtirok etish istagidagi kompaniya va tashkilotlar 2021-yilning 18-sentyabr sanasiga qadar quyida keltirilgan manzillar orqali murojaat qilishlari mumkin:

Emailm.xojimurodova@tdi.uz yoki finconsulate.tashkent@gmail.com

Telefon: +998 97 454 75 85 yoki +998 91 162 64 08

Tadbirda ishtirok etib, Finlyandiyalik hamkorlar bilan yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!