× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Yangiliklar

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorlikda Respublikamizning barcha hududlarida “Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili“ mavzusida oʻquv seminarlar tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 4-noyabr kuni "Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 4-8-noyabr kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida “PISA loyihasi milliy menejerlarining 2-uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston vakillari sifatida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori Abduvali Ismoilov boshchiligidagi jamoa ham ishtirok etmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirga dunyoning 88 ta mamlakatidan 200 nafarga yaqin vakillar tashrif buyurishgan.
Joriy yilning 4-noyabr kuni Jizzax shahrida “Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi seminar oʻtkazildi.