× Карта сайта
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Версия для слабовидящих

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha navbatdagi sinov testlari oʻtkaziladigan kunlar maʼlum boʻldi

11-го июня 2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida (Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov koʻchasi, 360-uy) 2022-yil 16 - 17-iyun kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari sayyor shaklda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

“Huquqshunoslik”

“Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”

“Iqtisodiyot”

“Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish”

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar”

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan, tana harorati 37°C dan yuqori boʻlgan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.