× Карта сайта
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Версия для слабовидящих

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda

21-го мая 2022

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi, oliy taʼlim muassasasining moddiy texnik bazasi, tadqiqotchilarga ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

Shu maqsadda, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, ekspert komissiyasi aʼzolari oʻrtasida OTM tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda jarayonning mazmun-mohiyati, maqsadi va oldingi attestatsiya (akkreditatsiyalash) jarayonlaridan farq qiluvchi jihatlari haqida maʼlumot berib o‘tildi.

Shuningdek, OTM tomonidan taqdim etilgan ichki baholash xulosalarining sifati, ekspert komissiyalari tomonidan taʼlim sifatini oshirish yuzasidan taqdim etilgan tavsiyalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli qaroriga asosan tashkil etilayotgan jarayonlardan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.