× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

E'lonlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan "Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy) 2022-yil 22 - 25-noyabr kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. "Huquqshunoslik", "Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot", "Iqtisodiyot", "Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish" hamda "Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi. "Huquqshunoslik" "Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot" "Iqtisodiyot" "Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish" "Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi: Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan, tana harorati 37°C dan yuqori boʻlgan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.
Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda. Prezidentimiz topshirigʻiga asosan 2022-yildan boshlab, oʻqituvchilarning oʻz fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta koʻrib chiqilib, yangi tartiblar joriy qilindi. Bunda vazirliklar va idoralar hamda taʼlim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalarini tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi. Xususan, oʻz ustida ishlaydigan va malakali pedagoglarga 1 yilda ikki marotaba toifa sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birgalikda, oʻqituvchilarga davlat xizmatlari markazi, uyi yoki ishxonasidan turib, oʻzi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Taʼlim inspeksiyasining veb-sayti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirish imkoniyati yaratildi Uch yoshgacha bolalari bor ayol oʻqituvchilar, pensionerlar hamda homilador ayollarga ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilandi. Bundan tashqari yutuqlarga erishgan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri hech qanday sinovlarsiz toifa berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Yaratilgan shu kabi imkoniyatlarga qaramasdan, 2022-yilning birinchi yarmida oʻtkazilayotgan malaka test sinovlarida oʻqituvchilar tomonidan oʻz oʻrniga boshqa shaxslarni kiritish kabi qator huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi. Bu kabi holatlar oʻqituvchi mavqeyi va obroʻyini oshirish boʻyicha islohotlar olib borilayotgan paytda jamiyatimiz tarbiyachisi boʻlgan ustozlar nomiga aslo yarashmaydi. Taʼlim inspeksiyasi tomonidan sinovlarni oʻtkazish boʻyicha yangi tizim ishga tushirildi va endi malaka (test) sinovlarida ishtirok etayotgan har bir pedagogning surati ekranda aks etadi. Bu esa oʻrniga kirish bilan bogʻliq turli huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga yordam beradi. Yana bir achinarli holat shundaki, ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim firibgarlar tomonidan oʻzini Taʼlim inspeksiyasi xodimi sifatida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan "Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy) 2022-yil 25 - 28 - oktyabr kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. "Huquqshunoslik", "Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot", "Iqtisodiyot", "Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish" hamda "Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi. "Huquqshunoslik" "Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot" "Iqtisodiyot" "Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish" "Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi: Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan, tana harorati 37°C dan yuqori boʻlgan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.