× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Aholini ro‘yxatga olish – 2023

11 Mart 2022

Aholini ro‘yxatga olish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi.Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘naydi.

Mustaqillik davrida biror marta bu jarayon o‘tkazilmagan

Ma’lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda MDH mamlakatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan. Bunday sanoq so‘nggi bor  aniqrog‘i, 1989 yilda o‘tkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan ma’lumki, ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri kamida har o‘n yilda bir marotaba tashkillashtirilishi ana’naga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mustaqillikdan so‘ng respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo‘lib o‘tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish-mamlakatning kelajakdagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish demakdir.

O‘zbekiston Respublikasining Aholini ro‘yxatga olish to‘g’risida Qonuni va undagi asosiy tushunchalar:

Yuklab olish
Yuklab olish