× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi pedagoglarning oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovi oʻtkazilish muddatlari maʼlum boʻldi

20 Mart 2022

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi pedagoglarning oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovi oʻtkazilish muddatlari maʼlum boʻldi. Sinovlar 2022-yilning 25-martidan boshlab 21-apreliga qadar oʻtkaziladi.

Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglar belgilangan muddatlarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (PASPORT va murojaat yuborishda toʻldirilgan soʻrovnoma )lari bilan belgilangan vaqtdan yarim soat oldin imtihon oʻtkaziladigan manzillarga yetib kelishlari lozim boʻladi.

Toshkent viloyati pedagoglari uchun malaka (test) sinovlari 4-apreldan boshlanadi. Fanlar kesimidagi jadval qoʻshimcha ravishda Taʼlim inspeksiyasining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilinadi.