× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Malaka test sinovlarida ishtirok etuvchi ustozlarga murojaat

27 Oktabr 2022

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.

Prezidentimiz topshirigʻiga asosan 2022-yildan boshlab, oʻqituvchilarning oʻz fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta koʻrib chiqilib, yangi tartiblar joriy qilindi.

Bunda vazirliklar va idoralar hamda taʼlim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalarini tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi.

Xususan, oʻz ustida ishlaydigan va malakali pedagoglarga 1 yilda ikki marotaba toifa sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birgalikda, oʻqituvchilarga davlat xizmatlari markazi, uyi yoki ishxonasidan turib, oʻzi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Taʼlim inspeksiyasining veb-sayti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirish imkoniyati yaratildi

Uch yoshgacha bolalari bor ayol oʻqituvchilar, pensionerlar hamda homilador ayollarga ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilandi.

Bundan tashqari yutuqlarga erishgan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri hech qanday sinovlarsiz toifa berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Yaratilgan shu kabi imkoniyatlarga qaramasdan, 2022-yilning birinchi yarmida oʻtkazilayotgan malaka test sinovlarida oʻqituvchilar tomonidan oʻz oʻrniga boshqa shaxslarni kiritish kabi qator huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi.

Bu kabi holatlar oʻqituvchi mavqeyi va obroʻyini oshirish boʻyicha islohotlar olib borilayotgan paytda jamiyatimiz tarbiyachisi boʻlgan ustozlar nomiga aslo yarashmaydi.

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan sinovlarni oʻtkazish boʻyicha yangi tizim ishga tushirildi va endi malaka (test) sinovlarida ishtirok etayotgan har bir pedagogning surati ekranda aks etadi. Bu esa oʻrniga kirish bilan bogʻliq turli huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga yordam beradi.

Yana bir achinarli holat shundaki, ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim firibgarlar tomonidan oʻzini Taʼlim inspeksiyasi xodimi sifatida