× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Qoʻshni davlatlardagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati eʼlon qilindi

14 Iyul 2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan qoʻshni davlatlardagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati eʼlon qilinmoqda.

Roʻyxat oliy taʼlim tashkilotlari, vakolatli tashkilotlar va vazirliklarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlaridan hamda xorijiy kvalifikatsiyalarni tan olish boʻyicha xalqaro maʼlumotlar bazalaridan olingan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan.

Qoʻshni davlatlarning vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, lekin foydalanilgan manbalarda akkreditatsiya maqomi noaniq yoki mavhum boʻlganligi sababli mazkur roʻyxatda qayd etilmagan oliy taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etilgan taqdirda roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Mazkur roʻyxat doimiy ravishda yangilab turiladi.

Oliy taʼlim tashkilotlari attestatsiya va akkreditatsiyasi belgilangan muddatlarda oʻtkazib turiladigan jarayon boʻlib, keyinchalik mazkur roʻyxatdagi ayrim oliy taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyasi bekor qilinishi ehtimoli mavjudligini hamda akkreditatsiya muddati tugashi natijasida yangi muddatlarga akkreditatsiyadan oʻtishini inobatga olgan holda roʻyxat doimiy ravishda vaqti-vaqti bilan yangilab boriladi.

Roʻyxatni shakllantirishda diniy va harbiy yoʻnalishdagi oliy taʼlim tashkilotlari hisobga olinmagan.

Shu oʻrinda, ushbu roʻyxatni keyinchalik boyitishda Taʼlim inspeksiyasi qoʻshni davlatlar vakolatli organlari va diplomatik korpuslarini hamkorlikka chorlab qoladi.

Roʻyxatni yuklab olish