× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi xodimlari faxriylari holidan xabar olishdi

9 May 2022

Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov rahbarligida tashkil etilgan sayyor qabullarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xatamjon Ketmonov ham ishtirok etmoqda.

Sayyor qabul doirasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari ham Ikkinchi jahon urishi qatnashchilari hamda mehnat faxriylari holidan xabar olishdi. Dastlab, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari X.A.Ketmonov, inspeksiyaning hududiy boʻlimi xodimlari va Toshloq tumani hokimligi vakillari Toshloq tumani Ittifoq koʻchasi 10-uyda yashovchi urish qatnashchisi Zokirov Odiljon ota va Toshloq tumani Gʻ.Gʻulom koʻchasi 103-uyda yashovchi urish qatnashchisi Eminov Fayzullo ota xonadonida boʻlishdi.



Shuningdek, faollar Margʻilon shahar Furqat koʻcha 71-uyda yashovchi mehnat faxriysi 47 yil mehnat stajiga ega xalq maorifi aʼlochisi, 3-darajali mehnat faxriysi, 35 yil uzluksiz xalq deputatlari Margʻilon shahar kengashi deputati Salimova Muruvvat ayaning xonadoniga ham tashrif buyurishdi. Faxriylar holidan xabar olinib, esdalik sovgʻalar berildi. Ularning mehnatlariga Davlatimiz rahbari tomonidan alohida eʼtibor berilayotganligi, bugungi yoshlarga oʻrnak qilsa arzigulik umr yoʻllari haqida davra suhbatlari tashkil etildi.