× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish jarayoni boʻyicha eʼlon!

24 Yanvar 2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son farmonining 3-ilovasiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari tegishliligi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlangan holda tugatilayotganligi munosabati bilan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun sohalar boʻyicha belgilangan “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha 2023-yilning yanvar hamda fevral oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan sinov testlari nomaʼlum muddatlarga qoldirilganligini maʼlum qilamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishga oid vazifa va funksiyalar ijrosiga kirishilganidan soʻng “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan sinov testlari boʻlib oʻtadigan kunlar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar eʼlon qilinadi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi maʼmuriyati