× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Buxoroda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

21 Iyun 2022

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Respublikamiz hududlarida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kabi seminarlar joriy yilning 21-iyun kuni Buxoro viloyatida ham boʻlib oʻtdi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mutasaddilar, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi vakillari, shahar, tuman xalq taʼlimi boʻlimlarining Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va YUNESKO hamkorligida “COVID-19» pandemiyasining taʼlim jarayoniga taʼsirini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan REDS tadqiqoti natijalari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qaror ijrosini taʼminlash hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha maʼruza qilindi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javoblar berildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.