× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Xorazmda “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusida seminar tashkil etildi

29 Iyun 2022

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh muassasalarda taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda pedagoglar, taʼlim tizimi mutasaddilari bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Xorazm viloyatida boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida bugun, 29-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida Urganch shahridagi 30-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining matematika va tabiiy fanlari boʻyicha oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi katta oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarda tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish yoʻllari, tabiiy fanlarni oʻqitishda integratsiyalashgan yondashuv, matematika fanidan topshiriqlardan namunalar, poyga mashinasi tezligi, matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha topshiriqlarni tahlil qilish, fizikada massa tushunchasi, raqamli taʼlim vositalari, raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev tomonidan oʻqituvchilarga dars jarayonida milliy oʻquv dasturidagi mavzularni xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltiruvchi topshiriqlar bilan boyitish, tajribali ustozlarning ish tajribasi, ilgʻor metodikalaridan foydalanish lozimligi, Xorazm tajribasini respublika boʻyicha ommalashtirish yuzasidan tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, tajribali pedagoglar trenerligida mahorat darslarini tashkil qilib, respublika miqyosida ommalashtirish va ustozlarga darslardagi murakkab mavzularni yangi metodikalardan foydalanib oʻtish tartibini ishlab chiqishlari lozimligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javoblar berildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.