× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Toshkent viloyatidagi pedagoglar uchun attestatsiyadagi yangiliklar boʻyicha seminar oʻtkazildi

3 Avgust 2022

Joriy yilning 2-avgust kuni Toshkent viloyatida “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish vazifalari” yuzasidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari hamda tuman (shahar) lar taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektorlari va taʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yuzasidan savol-javoblar orqali tegishli tartibda tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan atroflicha javob qaytarildi hamda bu borada istiqboldagi rejalar belgilab olindi.