× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasiga finlyandiyalik oʻqituvchi va talabalar tashrif buyurishdi

5 Oktabr 2022

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi finlyandiyalik oʻqituvchilar va talabalar tashrif buyurishdi.

Finlyandiyaning Xalqaro Nordik universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihasi doirasida poytaxtimizda boʻlib turgan Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuv erkin muloqot tarzida kechdi.

Taʼlim inspeksiyasi vakillari mehmonlarga yurtimiz taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda oliy taʼlim ochish uchun mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berishdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

Oʻz navbatida fin oʻqituvchilari va talabalari fin taʼlim tizimi haqida inspeksiya vakillarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi va yurtimiz haqidagi dastlabki taassurotlari haqida oʻrtoqlashishdi.

"Biz Finlyandiyaning taʼlim sohasiga oid vazirlik va idoralari bilan ikki yildan buyon yaqindan qilamiz. Ushbu hamkorlik natijasida bir guruh oʻquvchi va talabalarimiz hozirda yurtingizda taʼlim olmoqda. Fin oʻqituvchilar yurtimizda faoliyat koʻrsatib, yoshlarimizga taʼlim bermoqda.

Bugun bizda fin taʼlim tizimi haqida bevosita oʻqituvchi va talabalari bilan erkin muloqot qilib, oʻzimizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati paydo boʻlganidan xursandmiz", – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov.

Taʼkidlash joizki, Finlyandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabi direktori bilan Xalqaro Nordik universiteti qoshida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan fin maktabi xususida muzokara oʻtkazilgan.

Shuningdek, SYK maktabi delegatsiyasi poytaxtimizdagi nodavlat maktablarga tashrif buyurib, oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan uchrashadilar.