× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekistonda STEM fanlarini oʻqitish istiqbollari muhokama qilindi

17 Mart 2021

Screenshot_1.png

Bugun 17-mart kuni Osiyo taraqqiyot banki, Delivery Associates kompaniyasi va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari oʻrtasida “STEM taʼlimini rivojlantirish" ga qaratilgan yangi hamkorlik loyihasi rejasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Osiyo taraqqiyot bankining Ijtimoiy sektor bo'yicha rahbari, Ta'lim masalalari bo'yicha bosh mutaxassis Eysuke Tajima, Delivery Associates kompaniyasi vakili, xalqaro ekspert Jon Tulli hamda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev va inspeksiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv kun tartibidan OTB bilan hamkorlik qilishda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ustuvor yoʻnalishlari, STEM boʻyicha salohiyatni rivojlantirishning hozirgi holati, Taʼlim inspeksiyasi va OTB oʻrtasida salohiyatni mustahkamlash va oshirishga qaratilgan hamkorlik loyihasi muhokamasiga doir qator masalalar oʻrin oldi.

Muhokamalar avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Osiyo taraqqiyot banki vakillariga mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirishdagi uzoq yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, taʼlim tizimiga xalqaro ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga toʻxtalib oʻtdi.

Screenshot_2.png

– Oʻzbekiston ilk marotaba xalqaro baholash tizimlarida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, “Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da PISA xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi reytingida Oʻzbekistonning 2030-yilga kelib 30 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kirishiga erishish maqsadi koʻzda tutilgan.

Bunda oldimizga oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish va ularda STEM fanlariga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish maqsad qilingan. Shu kunga qadar oʻquvchilar maʼlum fanlarni oʻzlashtirishga oldilariga yoki oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtish, yoki maktabda aʼlo baholarga oʻqish haqida oʻylashgan. Mazkur loyihalar maktabda oʻqitiladigan darsliklar imtihon natijasi yoki baho uchun emas, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qilishi lozim, deb hisoblaymiz.

Oʻylaymanki, hamkorligimiz amalga oshiriladigan ushbu loyihalarni amalga oshirishda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi. Bu esa mamlakatimiz taʼlim tizimining rivojlanishi uchun ham ahamiyatlidir, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Shundan soʻng, Osiyo taraqqiyot banki vakili Eysuke Tajima mazkur jarayonning amalga oshirilish bosqichlari va O'zbekiston tomonidan e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar haqida ma'lumot berdi.

Screenshot_3.png

– Oʻzbekistonda STEM fanlarini takomillashtirish asosan, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish maqsadlariga qaratiladi. Shuningdek, mazkur loyiha orqali texnologiyani rivojlantirish orqali STEM fanlarining oʻqitilish sifatini yaxshilash, maktablarda taʼlim muhitini oshirish, hamkorlik orqali boshqaruv tizimini kuchaytirish koʻzda tutilgan.

STEM fanlarining oʻqitilish sifatini yaxshilashda avvalo oʻqituvchilar malakasini oshirishni qoʻllab quvvatlash lozim boʻladi. Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 1-10 sinflar matematika, biologiya kabi STEM tarkibiga kiruvchi fanlarni yagona tizimga birlashtirish masalasi muhokama qilingandi Mazkur tajriba Finlyandiya, AQSH, Singapur kabi mamlakatlar tajribasida ham sinovdan oʻtkazilgan.

Maktablarda taʼlim muhitini yaxshilashda avvalo fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalarini koʻpaytirish, modernizatsiya qilish va taʼlim muassasalarini internet bilan toʻliq taʼminlash va aloqa sifatini oshirish nazarda tutiladi.

Boshqaruv tizimini rivojlantirish uchun esa markazlashgan tizimning joriy etilishi maqsadga muvofiq boʻladi, – dedi Eysuke Tajima.

Shu bilan birgalikda, Osiyo taraqqiyot banki vakilining soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekistonda STEMni rivojlantirish uchun oʻquvchilarga shahar va qishloqlarda yaratilgan sharoitlarning oʻzaro farqlanishi, STEM fanlarning oʻzlashtirilishida oʻgʻil bolalarga nisbatan qizlarning pastroq koʻrsatkich qayd etishi, PISA tadqiqotlari natijalarining mavjud emasligi kabi muammolar ham toʻsqinlik qilmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun esa Taʼlim inspeksiyasi tomonidan maktablardagi taʼlim sifati muntazam nazorat qilinishi STEM fanlari fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlarga alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻladi.

Muhokamalar yakunida koʻrilgan masalalar va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni izchil ravishda davom ettirishga kelishib olindi.