× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlangan maʼrifat soati oʻtkazildi

7 May 2022



Joriy yilning 7-may kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan maʼrifat soati oʻtkazildi.

Maʼrifat soatida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Dilorom Xodjayeva inspeksiya xodimlariga taqdimot oʻtib, mazkur bayram mazmun-mohiyati boʻyicha tushunchalar berdi.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda faxriylarga, ehtirom koʻrsatish Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlar, mustaqillik yillarida xizmat burchini ado etish chogʻida halok boʻlganlar xotirasini hurmatlash doimiy eʼtiborda ekanini taʼkidlashdi.

Ulgʻayib kelayotgan yoshlarda ham bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlash tuygʻularni shakllantirish lozimligi aytib o‘tildi.