- Ta'lim muassasalari attestatsiyasi davlat akkreditatsiyasi
- Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish
- Uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash monitoringni olib borish va sifati nazorat qilish
- Apellatsiya shikoyati berish va ularni ko'rib chiqish muddatlari
APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH VA ULARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyati berish va ularni koʻrib chiqish muddatlari
# |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari roʻyxati |
Huquqiy asos |
Apellatsiya shikoyati berish muddati |
Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddatlar |
Nizomning tegishli bandlari |
1. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori |
Attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida |
15 kun |
4-bob, 84-band |
2. |
Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori |
Test sinovlari natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida |
2 hafta |
6-bob, 43-band |
3. |
Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash doirasida oʻtkaziladigan test sinovlari |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori |
Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan |
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin |
|
4. |
Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori |
Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan |
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin |
|
5. |
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash uchun oʻtkaziladigan test sinovlari |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qarori |
Apellatsiya shikoyati berish tartibi belgilanmagan |
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq murojaat qilish mumkin |