COVID-19 – UYDA QOLING!
Hozirda Taʼlim inspeksiyasining asosiy ustuvor vazifasi taʼlim tizimini tezkor ravishda yangi muhitga moslashishi taʼminlash boʻlib qolmoqda. Taʼlim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish zanjirining har bir halqasida bugungi holat talablariga javob beradigan yangi amaliyotlar joriy etilmoqda. Ushbu sahifada Taʼlim inspeksiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, taʼlim xizmati koʻrsatuvchilar, oʻqituvchilar va taʼlim oluvchilar uchun resurslar, maslahatlar va oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy-uslubiy tavsiyalar berib boriladi. Vaziyat shiddat bilan oʻzgarayotganligini inobatga olib maʼlumotlar operativ tarzda yangilanishini taʼminlashga harakat qilamiz.
Ustuvor yo‘nalishlar
Biz oʻz oldimizga COVID-19 chaqiriqlariga zudlik bilan javob berish maqsadida 3 ta asosiy maqsad belgilab oldik, ular COVID-19 ning taʼsiriga qanday munosabatda boʻlishimizni koʻrsatib beradi.
• karantin davrida amalga oshirilayotgan ishlar va qabul qilinayotgan qarorlarni taʼlim beruvchilar va taʼlim oluvchilarga oʻz vaqtida etkazamiz hamda ularning ushbu chaqiriqlarga samarali javob qaytarishlariga amaliy yordam koʻrsatamiz.
• Sifatli taʼlim berishning amaliy usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish va moliyaviy barqarorlikni saqlash sohalarida taʼlim provayderlari bilan birgalikda ishlash orqali taʼlim oluvchilarga mustaqil taʼlim olish imkoniyatlarini yaratamiz va ular huquqlarini himoya qilamiz. Taʼlim oluvchilarning vaqtlarni mazmunli oʻtkazishlari va qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy tadbirlarni amalga oshiramiz.
• Respublikadagi taʼlim tizimidagi uzilishlarni minimallashtirishga intilamiz — doimiy zararni kamaytirish va pandemiya tugaganidan keyin taʼlim tizimi iloji boricha tezroq tiklanish uchun poydevor yaratamiz.