× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

FAOLIYAT

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va oʻquv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga mos ravishda taʼlim sifatini yuksak darajaga koʻtarish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.

Taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish, barcha turdagi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish, nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziyalar berish, xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish, taʼlim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.