× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH BO‘LIMI

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi tarkibida boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom asosida amalga oshiradi.

Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, ularning joylardagi taʼlimni boshqaruv organlari faoliyati bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi.

Boʻlim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyasini oʻtkazishga masʼuldir.

Boʻlimning asosiy vazifalari

  • oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonlari va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
  • idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
  • boʻlim faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini faoliyatini baholash mezonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
  • oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini tahlil qilish;
  • rivojlangan xorijiy demokratik davlatlarning taʼlim sifatini nazorat qilish va taʼlim muassasalari attestatsiyasi borasidagi tajribalarini oʻrganish.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi oʻz faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi faoliyatining rejasi:

 Akkreditatsiya sertifikatlarining amal qilish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari roʻyxati

 Oʻrta-maxsus taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari asosida ichki va tashqi baholash jarayonida umumiy ballarni hisoblash texnologiyasi boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA

 Professional standartlar ishlab chiqishning metodik asoslari va amaliy mexanizmlari AMALIY QOʻLLANMA

 Oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini 2020 yilda tashqi attestatsiyadan oʻtkazish grafigi 

  Akademik litsey faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar (1-21 jadvallar)

  Akademik litseylar faoliyati boʻyicha toʻplangan umumiy ballarni hisoblash metodikasi

  Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi faoliyatidagi oʻrganishlar natijasi: