× Карта сайта
Ovozli hamrohlik

Saytda ovozli hamkor mavjud.

matnni tinglash uchun uni sichqoncha bilan tanlang

Maxsus imkoniyatlar

UMUMIY O‘RTA VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM MUASSASALARINI ATTESTASIYADAN O‘TKAZISH BO‘LIMI

Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi” tarkibiga kiradi.

Boʻlim umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul hisoblanib, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, umumiy oʻrta taʼlim maktablarini attestatsiya natijalariga asosan davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishga tavsiya etadi.

Boʻlim taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari va oʻqituvchilarning sifat tarkibini nazorat qilish boʻyicha taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid holda qabul qilingan buyruq va qarorlarning amal qilishini toʻxtatish boʻyicha taklif kiritish huquqiga ega.

Shuningdek, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini, taʼlimning umumiy oʻrta va maktabdan tashqari turlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarining davlat taʼlim standartlariga, davlat talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirishi, taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida taʼlim sifatiga oid aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar uchun ushbu muassasalarning rahbar va pedagog xodimlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrish uchun Davlat inspeksiyasi rahbariyatiga taklif kiritishi mumkin.

Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi oʻz faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori. “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”

2020 yil 27 yanvarda 3214-roʻyxat raqami bilan Adliya vazirligidan oʻtkazilgan “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror

Baholash mezonlari

Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi faoliyati:

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi:

Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar hamda professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun oliy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida maʼlumotlar: